Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Humans’dan pul yutuqlarining firibgarlik reklamasi: o'zingizni ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklardan qanday himoya qilish uchun

Chegirmalar

Humans’dan pul yutuqlarining firibgarlik reklamasi: o'zingizni ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklardan qanday himoya qilish uchun

Feruza besh farzandning onasi, Jahongirning rafiqasi. U yaqinda uy yumushlaridan dam olish uchun Instagram’ga kirdi. Feruza ushbu reklamani ko'rdi:

1 blog

Feruza sarosimaga tushdi va Jahongir bilan maslahatlashishga qaror qildi — agar ular haqiqatan ham avtomobil yutib olishsa-chi? Jahongir dedi: bular firibgarlar. Feruza havolani bosib o'z ma'lumotlarini kiritmadi.

Bir necha kun o'tdi. Feruza shunga o’xshash reklamani ko‘rib qoldi va tasodifan havola orqali Telegram’ga kirib qoldi. U shunday xabarlarni ola boshladi:

2 blog

Bu safar Feruza nima qilishni bildi. U shu zahotiyoq bu Telegram botini blokladi va firibgarlik uchun unga nisbatan shikoyat qoldirdi.

Bu to'g'ri qadam. Agar Feruza firibgar sayt havolasiga kirganida yoki o‘z ma’lumotlarini bevosita Telegram botiga kiritganida, uning akkauntidagi pullar o‘g‘irlangan bo‘lardi.

Gap muqaddaslikda emas

Hatto Ramazon va boshqa muqaddas bayramlarni tilga olib, sizni chuv tushirishga harakat qilishlari mumkin. Esingizda bo'lsin, firibgarlar axloqiy qoidalarga rioya qilmaydilar, ularni vijdon qiynamaydi. Sizning ishonchingizni qozonish uchun hamma narsa ishlatiladi.

Firibgarlarni qanday aniqlash mumkin?

Reklama joylashtirilgan akkauntga e'tibor bering. Odatda bu obunachilarsiz va tavsifdagi xatolar bilan shoshilinch ravishda yaratilgan profil.

Siz faqat ijtimoiy tarmoqlardagi HUMANS rasmiy akkauntlariga ishonishingiz mumkin. Quyida ularga havolalar:

https://www.instagram.com/humans.uz/

https://t.me/humansuz

https://www.facebook.com/HumansUz

https://www.linkedin.com/company/humansuz/

Bizda boshqalari yo'q! Agar siz HUMANS tomonidan yuborilgan xabarni boshqa akkauntlarda ko'rsangiz, bu firibgarlikdir.

Akisyalar qayerda o'tkaziladi?

HUMANS hech qachon Telegram botlaridan sovrinli o‘yinlari uchun foydalanmaydi va sizdan ma’lumotlaringizni rasmiy ilovadan boshqa joyga kiritishingizni so‘ramaydi.

Sizni yangi aksiyalar haqida xabardor qilish uchun biz rasmiy raqamlarimizdan SMS va rasmiy ilovadagi bildirishnomalarni yuboramiz.

Bundan tashqari, barcha sovg‘alarimiz ijtimoiy tarmoqlardagi HUMANS akkauntlarida va https://humans.uz/ saytimizda e’lon qilinadi.

Xodimlardan aksiyalar — aldov

Bizning xodimalarda hech qanday sovrinli o'yinlarni o'tkazishga eksklyuziv imkoniyat yo'q. Вarcha aksiyalar faqatgina kompaniya tomonidan o'tkaziladi, alohida xodimlar tomonidan emas.

Firibgarlik e’lonlariga misollar:

3 blog

Nimani yodda saqlash muhim?

Firibgarlar oltin tog'larni va'da qiladilar, omadingizni sinab ko'rishni taklif qilishadi va sizni shoshiltirish uchun qo'llaridan kelganini qilishadi. Ularning vazifasi shoshilinch ravishda ehtiyotkorlikni unutib, ma'lumotlaringizni kiritishga majburlashdir.

Agar gap 24 soat yoki undan ham kamroq davom etadigan sovrinli o'yinlar haqida ketayotgan bo'lsa, bu, albatta, firibgarlikdir.

Agar aql bovar qilmaydigan darajada yaxshi taklifni ko'rsangiz, darhol undan foydalanishga urinmang. Bir narsa qilishdan oldin, sizdan kattalar va qarindoshlar bilan maslahatlashing, HUMANS saytini tekshiring yoki 1234 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

Havolalarni bosmang

Bunday xabarlarni ko'rganingizda, ularga biriktirilgan havolalarni bosmang. Ular soxta saytlarga yoki Telegram botlariga olib keladi, ularning maqsadi pulingizni o'g'irlashdir.

Ma’lumotlaringizni kiritmang

Agar siz havola orqali soxta sayt yoki Telegram botga kirsangiz, hech qanday holatda HUMANS akkauntingizning telefon raqami va parolini kiritmang. Biz sizdan parolingizni rasmiy ilovadan boshqa joyda kiritishingizni so'ramaymiz. Agar shunday qilsangiz, hisobingizdagi ma'lumotlaringiz va pulingiz o'g'irlanadi.

Kimdir yangi qurilmadan hisobingizga kirsa, biz har doim SMS kodini yuboramiz. Kod bilan xabarni diqqat bilan o'qing. Agar sizda ilova avval o’rnatilgan bo’lsa va siz hozirda unga yangi qurilmadan kirmasangiz, lekin kod kelgan bo'lsa, demak, firibgarlar sizning akkauntingizga kirishga harakat qilmoqdalar. Ushbu kodni hech qanday joyga kiritmang va hech kimga aytmang.

Agar siz ma'lumotlarni kiritib qo'ygan bo'lsangiz, nima qilish kerak

Iloji boricha tezroq 1234 raqami orqali HUMANS qo'llab-quvvatlash xizmati bilan bog'laning va HUMANS akkauntigizning parolini yangilang.

Yaqinlaringiz va do'stlaringizni fitibgarlik aksiyasi haqida ogohlantiring!