Aloqa, komissiyasiz o'tkazmalar, bank kartasi, xaridlar, keshbek | HUMANS Borku. Bemalol Aloqada.

Humans VISA'ga komissiyasiz pul o'tkazing

Yangiliklar

Humans VISA'ga komissiyasiz pul o'tkazing

Humans VISA kartasi juda qulay: uni hamma yerda qabul qilishadi, keshbek yigʻish mumkin, darhol va bepul chiqariladi. Bundan tashqari, pul-mablagʻlarini unga komissiyasiz shunchaki telefon raqami orqali ilovamizda yoki humans.uz saytida oʻtkazish mumkin. Shuningdek, kartani Humans savdo nuqtalarida naqd pul bilan toʻldirish mumkin. 

Karta hisobini toʻldirishda, oluvchiga 1% keshbek beramiz.

Humans VISA kartasidagi pul-mablagʻlarini butun dunyo boʻylab sarflash mumkin:

— Oʻzbekistonda ularni HUMO va Uzcard terminallari qabul qiladi 

— Toshkent metrosi va avtobuslarida kontaktsiz toʻlov 

— Chet elda — VISA kartalarini qabul qiluvchi terminallar

— Humans VISA kartasini dunyoning barcha mashhur internet-doʻkonlari qabul qiladi. 

Naqd pulni VISA logotipi aks ettirilgan dunyoning har qanday bankomatidan yechish mumkin.


Hisobdagi qoldiq evaziga keshbek va xaridlardan bonuslar

Hisobdagi pul keshbek olib keladi – har kuni yillik 25% hisobda. Uni aloqa xizmatlariga sarflash mumkin. Masalan, agar siz 3 million soʻmni 30 kun davomida saqlasangiz, toʻplangan keshbek evaziga 30 kun cheksiz internetdan foydalanish uchun yetadi. 

Ilova orqali xarid qilishda, 20% gacha keshbek beriladi: qahvaxona va restoranlar, barbershoplar, gullar va sovgʻalar doʻkonlari va boshqa 5000+ hamkorlardan.

Agar siz har oy yaqinlaringizga yordam qilishni odat qilgan boʻlsangiz – ularga Humans VISA kartasini ochib bering. Siz telefon raqami orqali ularga komissiyasiz pul (hatto ular xorijda boʻlsalar ham) joʻnatishingiz mumkin, ular esa dunyoning har yerida qabul qilinadigan qulay kartadan foydalanib, xursand boʻlishadi. Qoʻshimchasiga, toʻplangan keshbekdan foydalanib, bepul aloqadan foydalanishlari mumkin.